Oʻzbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq toʻlash tartibi va tahlili
Mazkur tahlilda Oʻzbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun 1 foizli aylanmadan olinadigan soliq toʻlash tartibining afzallik va kamchiliklari oʻrganilgan. Soliq yukining kamayishi va maʼmurchilikning soddalashishi yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda tadbirkorlarni rasmiy sektorga jalb etishga xizmat qilishi qayd etilgan. Xalqaro tajriba tahlili asosida oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar faoliyatini bosqichma-bosqich YATT maqomiga oʻtkazish, ijtimoiy soliq stavkalarini qayta koʻrib chiqish va soliq tizimini yanada soddalashtirish taklif etilgan.













